Fri. Feb 23rd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning qabulida sektorlar rahbarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, mahalla raislari, shahar hokimining o‘rinbosarlari va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etmoqdalar.

 

Qabulda fuqarolarning ijtimoiy muammolarini joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlari vakillarining murojaatlari yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

 

Hal etilishi ma’lum vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan berilgan topshiriqlar Qo‘qon shahar hokimining nazoratiga olinmoqda.