Fri. May 24th, 2024

Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasi va Qo‘qon shahar hokimligida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun o‘tkazilgan qabulda Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Ijtimoiy masalalar, uy-joy uchun ijara to‘lovlari, ishga joylashtirish, kommunal muammolar kun tartibidagi asosiy mavzular bo‘ldi. Shahar hokimi murojaatlarni joyida hal etish choralarini ko‘rib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.