Thu. Mar 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning qabulida sektor rahbarlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalar uchun mas’ul boshqa rahbarlar ishtirok etdilar.

 

Qabulda fuqarolarning ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bekor qilingan ijtimoiy to‘lovlarini tiklash, uy-joy, ishga joylashish, mahalalalr obodonchiligiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Shu bilan bir qatorda, qabulda tadbirkorlik sub’ektlarining ham yangi loyihalari uchun ijaraga bino ajratish, tenderlarda ishtirok etish, imtiyozli kredit ajratish yuzasidan qilgan murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rildi.

 

Turli xujjatlar rasmiylashtirish, ariza berish talab etadigan fuqarolar murojaatlari bo‘yicha shu yerning o‘zida xujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.