Marufjon Usmonov Qo‘qon Mexanika zavodi kasbga o‘qitish innovasion markazida yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shahar hokimi markazga mahallalardagi ishsiz yoshlarni keng jalb etish, bu ishlarga yoshlar yetakchilarini jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
🔖 Ma’lumot uchun: Mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy kasb va hunarlarga o‘qitish tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan e-kasb.uz onlayn platformasi yo‘lga qo‘yildi va bugunga qadar 10 mingdan ziyod yoshlar ushbu platforma yordamida kasb va hunarlarga ega bo‘ldi.