Mon. May 20th, 2024

Marufjon Usmonov ichki ishlarda profilaktika nazoratiga olingan, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan, maktablarda darslarga muntazam qatnamayotgan yoshlar va ularning ota-onalarini qabul qilib, ijtimoiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi.

Qabulda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb va hunarlarga o‘qitish, ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, salomatligi bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.