Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov muzokaralarda Qo‘qon shahrining turizm salohiyati, ko‘p qavatli uy-joylar bozoridagi tendensiyalar, sarmoya kiritish imkoniyatlari xususida ma’lumot berdi.
Ayni paytda “Shaffof metan” korxonasi bilan hamkorlik qilayotgan sarmoyadorlar Qo‘qon shahridagi qurilish sohasida yangi loyihalarda ishtirok etish istagida ekanlarini bildirib, Marufjon Usmonovga samimiy muloqot uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.