Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari, Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husanjon Mamajonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazi Qo‘qon filialida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

 

Shahar hokimi bemorlar bilan ham suhbatda bo‘lib, shikoyatlar bilan qiziqdi. Marufjon Usmonov shifoxonani zarur tibbiy texnik uskunalar va jixozlar bilan ta’minlash, shifoxona binosini rekonstruksiya qilish choralarini ko‘rdi.