Fri. Apr 19th, 2024

Bayram munosabati bilan Qo‘qon shahar hokimligida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tib, barcha ishtirokchilarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etdi.

 

Xalqimizning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillariga Qo‘qon shahar hokimining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.