Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Xanshin kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Muzokaralarda Qo‘qon shahrida quriladigan ko‘pqavatli uylar Bosh rejasini nihoyasiga yetkazish, loyihalash ishlarida tomonlar mas’uliyatini belgilab olish, ko‘pqavatli uylar mavzesida ijtimoiy ob’ektlar qurish masalalari muhokama etildi.

 

Shahar hokimi qurilish bo‘yicha zaruriy xujjatlarni rasmiylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumot berib, qurilish ishlari kelishilgan muddatda boshlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro imzolangan investision bitim bo‘yicha boshqa muhim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.