“G‘ishtli masjid” mahallasi fuqarolari gaz bosimining pastligi, mahalla hududida gaz tortish moslamasi o‘rnatilgani haqida shikoyat qilgan edilar.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida mahalla hududini o‘rganib, gaz bosmini yaxshilash choralarini ko‘rdi. Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi Qo‘qon filialida o‘rnatilgan gaz tortish moslamasi to‘xtatilib, muassasaga sifatli ko‘mir yetkazib beriladigan bo‘ldi.
Mutasaddilarga mahalla hududidagi boshqa gaz tortish moslamalarini aniqlash, aholi xonadonlarida gaz bosimini ko‘tarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.