Wed. May 22nd, 2024

Marufjon Usmonov 1-“Davronbek” mahallasida mutasaddilar, faollar, ko‘chaboshilari bilan muloqot qilib, mahalla hududida ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolarning siyosiy faolligi, mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy jarayonlarga dahldorligini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shahar hokimi mahallada mavjud muammo-masalalar bilan qiziqib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.