Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov 19-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan shahmat turnirida ishtirok etdilar. Sektor rahbarlari va bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat partiyalarida xokim va prokuror jajji grossmeysterlar bilan jangovar durang natijalarga erishdilar.

 

Sektor rahbarlari bolalar bog‘chasida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan Beshta muhim tashabbus to‘garaklari ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar. Marufjon Usmonov, ayniqsa hunarmandchilik to‘garagiga katta qiziqish bildirib, bolalar bilan birga loydan o‘yinchoq yasadi.

 

Bolalarni sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanishga o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot stendini ko‘zdan kechirgan sektor rahbarlari, shu yerdagi fitobarda tayyorlangan shifobaxsh damlamadan tatib ko‘rdilar.