Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bolalar bog‘chasining fasadi, guruhlar, eshik va romlar, qozonxona, oqova va elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. Ayni paytda bog‘cha uchun yangi amfiteatr, basseyn va bolalar maydonchalari barpo etilmoqda.
Marufjon Usmonov mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.