Wed. Apr 17th, 2024

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (https://lex.uz/docs/3311182)”gi Qaroriga asosan qurib foydalanishga topshirilgan 400 o‘rinli binoning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulo Bozorov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmaljon Nuriddinov va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda qurilish ishlarini sifatli qilib bajargan “Zamon bilding” MChJ rahbariga Farg‘ona viloyati hokimining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mutasaddilar yangi binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlarning iqtidorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.