Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan jahon chempionati musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

 

O‘rda maydonida o‘tkazilayotgan tadbirda 20 dan ziyod mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar qatnashmoqdalar. Tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda va jahonda milliy sportimiz – belbog‘li kurashning nufuzi tobora ortib borayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

 

Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari va bir qator mutasaddilar ishtirokida xorijiy mamlakatlarda belbog‘li kurashni targ‘ib etayotgan milliy federatsiyalar raislariga chuqur minnatdorchilik izhor etib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.