Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Baraka interneshnl treyd grup” qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.
Hunarmandchilikka ixtisoslashtirilgan turizm markaziga Turkiyalik hamkorlar tomonidan 12 million dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan. 2022 yilda ishga tushiriladigan loyiha doirasida 110 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.