Fri. May 24th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat va shahar shtabi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mutasaddilarning festival’ga tayyorgarlik doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Mas’ullarga hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda nihoyasiga yetkazish kabi ko‘plab masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.