Sat. Apr 20th, 2024

Davlatimiz rahbarining bergan ko‘rsatmalariga binoan, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, muammolarni joyida o‘rganib, tezkorlik bilan hal etish maqsadida o‘tkazilgan qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudoybergenov, vazirliklar, sektorlar, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

 

Qabulda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, murojaatlarda ko‘tarilgan muammo-masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi.