Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Darxan Satiboldini “Effektiv oil” korxonasi bilan tanishtirdi.

 

🏭 Muzokaralar davomida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni, sohada biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

 

Qozog‘iston elchisi Qo‘qonda ishlab chiqarilayotgan yog‘ mahsulotlari sifatiga yuqori baho berib, ishbilarmon doiralar bilan bu boradagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini yetkazishini bildirdi.