O‘zbekiston qaxramoni Sodiqjon Turdiyev Usmonjon Rahimovning xonadoniga tashrif buyurib, urush qaxramoni va uning yaqinlari bilan muloqotda bo‘ldi.
Samimiy suhbat chog‘ida mavjud muammo-masalalar ham o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Berlingacha yetib borib omon qolgan Usmonjon Rahimov bosqinchilarga qarshi olib borilgan ayovsiz janglar, dushman o‘qi va hiyla-nayranglariga bardosh berib, g‘alaba qozongan xalqimiz xususida so‘zlab berdi.
Bugungi tinch-osuda hayot, davlatimiz rahbarining xalqparvar siyosati yaxshi niyatlar bilan qilingan duolarda e’tirof etildi.