Wed. Apr 17th, 2024

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 260 ta talabaga mo‘ljallangan yotoqxona binosi foydalanishga topshirildi.

✅ Yotoqxonaning ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Usmonov Ma’ruf A’zamovish ishtirok etdi va barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni yangi o‘quv yili bilan, shuningdek, foydalanishga topshirilgan yotoqxona bilan samimiy tabrikladi.

✅ Yotoqxonada talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, maroqli dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. To‘liq rekonstruksiya qilingan binoning tomi, eshik-romlari, yo‘laklar, kanalizatsiya tizimi yangilangan. Ikki qavatdan iborat mazkur yotoqxona binosiga muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar, dazmollar, televizorlar, internet va vayfay tizimi o‘rnatilgan.

✍️ O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati