Sat. Apr 20th, 2024

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha imtiyozlar va qulayliklar yaratish maqsadida shahrimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga «Qo‘qon» kichik sanoat zonasidan yer maydoni ajratilmoqda.

Ushbu hududda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, yengil sanoat va to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va temirni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish istagida bo‘lsangiz bizga murojaat qiling!

Mo‘ljal: Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasi yaqinida;
Murojaat uchun telefonlar:

905670027
901577799
912008876

QO‘QON ShAHAR HOKIMLIGI