Fri. Mar 29th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov tomonidan Qo‘qon davlat pedagogika institutida talaba yoshlar uchun tashkil etilgan ma’ruzada giyohvandlikning kelib chiqishi va salbiy oqibatlari xususida ma’lumot berildi.  

 

 

 

Yig‘ilishda shuningdek, Qo‘qon shahar hokimining yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Dehqonov, Farg‘ona viloyati narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi mas’ul kotibi Qobuljon Xasanov, Farg‘ona viloyati 2 – narkologiya dispanseri Qo‘qon filiali rahbari Abdulatif Sharipovlar ham so‘zga chiqib, masalaga o‘z munosabatlarini bildirdilar.

 

 

 

Uchrashuvda muhokama etilgan masala bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.