Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 41-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida isitish tizimlari va binolar ichidagi haroratni nazoratdan o‘tkazdi.
Shahar hokimi maktab mutasaddilari bilan muloqot qilib, yangi isitish tizimi bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan qiziqdi.