Sat. Jun 22nd, 2024

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 23-moddasi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8, 10, 11 va 12-moddalariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi 2022 yil 16 martdagi KQ-320-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Q A R O R Q I L A D I:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi 2022 yil 16 martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi KQ-320-IV-sonli qarori qabul qilinganligi, mazkur qaror bilan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovi 2022 yilning may oyida o‘tkazilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
  2. Mazkur o‘tkaziladigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovida
    68 nafar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylanishi ma’lumot uchun qabul
    qilinsin.
  3. Quyidagilar:
    2022 yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini
    tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shahar tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
    Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va
    o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya (kelgusi o‘rinlarda – ko‘maklashuvchi
    komissiya deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
    Fuqarolar yig‘inilari raislarini (oqsoqoli) saylovini tashkil etish yuzasidan
    xududlarga ko‘maklashuvchi shahar komissiyasining a’zolari 3-ilovaga asosan biriktirilgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi bo‘yicha saylov byulleteni namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  4. Ko‘maklashuvchi komissiyasi a’zolari joylarda fuqarolar yig‘inlari raislari
    (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga yuzasidan MFYlar kesimida tashkil etiladigan ishchi guruxlarga amaliy yordam ko‘rsatsin.
  5. Shahar hokimining o‘rinbosarlari Sh.Dexkanov, shahar hokimligi
    tashkiliy-kadrlar guruhi (A.Aliyev), Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (B.Po‘latov)lar fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish, zarurat bo‘lganda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
  6. Shahar IIB (N.Sultonov), Milliy gvardiya bilan hamkorlikda fuqarolar
    yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini o‘tkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlasin.
  7. Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinovga shahar Sanitariya
    epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi boshlig‘i
    Gʻ.Mirzamaxmudov bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)
    saylovi o‘tkaziladigan joylarda tibbiyot punktlari faoliyatini yuqori darajada tashkil etsin hamda sanitariya-gigiyena talablari va karantin qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilsin.
  8. Shahar hokimligi axborot xizmati (U.Norboyev)ga fuqarolar yig‘inlari
    raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish jarayonlarini OAVda keng yoritib borish vazifasi yuklatilsin.
  9. Qo‘qon shahridan saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari
    ko‘maklashuvchi komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi tavsiya etilsin.
  10. Ko‘maklashuvchi komissiyaga fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)
    saylovi yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirsin hamda 2022 yil 8 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga
    axborot bersin.
  11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari
    Sh.Dexkanov va xalq deputatlari shahar Kengashining “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi M.Aminovalar zimmasiga yuklansin.
  12. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    Kengash raisi M.Usmonov

    To’liq PDF shaklida yuklab oling