Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Sep 8th, 2024

Feysbukdagi “Xalq dardi” guruhida yo‘llangan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi

Murojaat yo‘llagan fuqaro ayni paytda o‘zi ijarada yashab turgan xonadondan ijara haqqini to‘lamagani tufayli xonadon egasi tomonidan chiqarib yuborilgani aniqlandi.

Mahalla mutasaddilari tomonidan fuqaroga bir necha bor ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Qo‘qon shahar hokimining qabulida murojaat ham qilgan fuqaro Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirilgan.

Fuqaroni oilaviy yotoqxonadan joy bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Mahalla mutasaddilarining bergan ma’lumotiga ko‘ra fuqaro farzandlarining xonadonida tunab kelmoqda.

Click to listen highlighted text!