Qadrli hamshaharlar! Mamlakatimiz hududida kuzatilayotgan issiq harorat elektr energiyasi sarfining keskin oshishiga olib kelmoqda.
Elektr tarmoqlariga keskin yuklamalarning, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish uchun har birimiz oddiy qoidalarga rioya etishimiz yetarli.
Xonadan chiqayotganingizda barcha elektr jixozlarini o‘chiring, kondisionerlardan zarurat bo‘lganidagina foydalaning.
Uyda va ishxonada yoritish uchun quyosh nuridan foydalanishga harakat qiling, zarurat bo‘lmaganda elektr yoritgichlarni ishlatmang.
Energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalaning.
Energiya mustaqilligiga erishish uchun quyosh panellari kabi muqobil energiya manbaalarini o‘rnating.
Ushbu oddiy qoidalarga rioya etilishi sarflanadigan elektr energiyasini 50-80 foizgacha tejash imkonini beradi.
Ertanggi yorqin hayot uchun bugun elektr energiyasini tejab ishlating!