Fri. Mar 29th, 2024

Bugungi kunda shaharda jami 45 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib boryapti. Barcha muassasalarda kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari eʼtiborda. 16 ta taʼlim tashkiloti tabiiy va koʼmir yordamida isitiladi, 29 tasi esa koʼmir yordamida issiqlik bilan taʼminlanadi.

Аyni paytda mavsumga tayyorgarlik ishlari asnosida 649 tonna briket koʼmir va 295 tona qora koʼmir – jami 944 tonna qattiq yoqilgʼiga ehtiyoj aniqlandi va reja asosida toʼliq keltirilib, zaxira qilindi. 8 mln. soʼm ajratilib, ushbu oyda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʼt yoquvchilarini oʼqitish va malakasini oshirish koʼzda tutilyapti.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish maqsadida isitish tizimlari va qozonlar uchun mahalliy byudjetdan 459,6 mln. soʼm ajratildi va sozlandi. Barcha isitish tizimlarini kimyoviy bosim ostida yuvib, sinash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilyapti. Maishiy xonalardagi nosozliklarni bartaraf qilish, singan oynalarni almashtirish, tashkilotlar atrofini devor bilan oʼrash ishlariga 1 mlrd 466 mln. mablagʼ ajratilib, reja asosida sarflandi.

Shuningdek, tashkilotlardagi guruhlarda issiqlikni saqlash uchun mavjud deraza oynalarini sellofan bilan qoplashda ishlatiladigan barcha kerakli narsalar sotib olindi. Yongʼin xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkilotlarni kerakli jihozlar bilan taʼminlash ishlariga ham yetarli eʼtibor qaratildi.

Kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish uchun mavsumga tayyorgarlik ishlari davom ettirilyapti.