14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “O‘zbegim” tantanalar saroyida erta tongda Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiriga harbiylar, urush qatnashchilari, faxriylar, mahalla faollari va bayramona kayfiyatdagi hamshaharlarimiz tashrif buyurdilar.
Tantanalar saroyida mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olindilar. Bayram tadbiriga shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurib, harbiylar va barcha hamshaharlarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan yozilgan dasturxonga mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurdilar. Tantanalar saroyi yuzida tabassum bilan bir-birini bag‘riga bosib, tabriklagan mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.