Fri. Apr 19th, 2024

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida bloger Sherzod Raxmonov tomonidan Qo‘qon shahridagi 16-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuzasidan qilingan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matubot xizmatining rasmiy javobi.

16-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida bugungi kunda 1575 nafar o‘quvchilar ikki navbatda tahsil olmoqdalar. Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash maqsadida maktabda 420 o‘rinli yangi bino qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda yangi maktab binosining loyiha smeta hujjatlari tayyorlanmoqda va qurilish ishlarini moliyalashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Qo‘rilish ishlari joriy yilda boshlanishi belgilangan.