Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Yax’yoxon Dadaboevning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bor Xudoyorxon O‘rdasida belbog‘li kurash bo‘yicha musobaqalar 1872 yilda Qo‘qon xoni Xudoyorxon farzand ko‘rgani munosabati bilan tashkil etilgan tantanalarda o‘tkazilgan.

 

Ayni daqiqalarda “Qo‘qon va sport” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda o‘zbekistonlik kurashchilardan tashqari Rossiya, Mug‘uliston, Ozarbayjon, Belarus’, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlarning sportchilari ham ishtirok etmoqdalar.

 

U‌zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti 1-kurs talabasi Shaxzodbek Toshmirzaev.