Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

142025-05-13 22:30

Farg‘ona tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi

Farg‘ona tuman markaziy Madaniyat uyida Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Akmaljon Xasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman miqyosidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar. Qabul davomida fuqarolardan tushgan 30 ta murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan 9 tasi darhol joyida ijobiy hal etildi. 6 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan, muddat talab qiladigan 15 ta murojaatlar esa ijro uchun tegishli mas‘ullarga yo‘naltirildi. Fuqarolar murojaatlarida asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun er maydonlari va bo‘sh binolar ajratish, shuningdek, aholini ichimlik va oqova suvi bilan ta‘minlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaatga alohida e‘tibor qaratilib, tuman hokimi tomonidan ularni qonunchilik doirasida hal etish, ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas‘ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Ushbu qabul tumandagi fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ehtiyoj va takliflarini eshitish hamda mavjud muammolarga amaliy echim topish maqsadida o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz