Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, sportga qiziqishini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg‘ona tumanida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sport musobaqalari izchil davom etmoqda. Shu doirada «Ichki ishlar kubogi» uchun voleybol sport turi bo‘yicha 16–21 hamda 22–30 yosh toifasidagi mahalla yoshlari o‘rtasida besh bosqichli musoboqaning tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbir «Yangi asr» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 24-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi sport zalida bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning tuman bosqichida Farg‘ona tumani hududidagi 4 ta sektor vakillaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvlar yuksak sport ruhi, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat asosida o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xasanov, Yoshlar ishlari bo‘limi, sport maktablari mutasaddilari, yoshlar etakchilari hamda sektor bosqichlarida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 16–21 yosh toifasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida «Do‘stlik» MFY jamoasi 1-o‘rinni, “Yangiobod“ MFY jamoasi 2-o‘rinni, “Barqaror hamjihatlik“ MFY jamoasi 3-o‘rinni, 22–30 yosh toifasi bo‘yicha esa «Yangi yo‘l» MFY jamoasi 1-o‘rinni, “Do‘stlik“ MFY jamoasi 2-o‘rinni, “Navro‘z“ MFY jamoasi 3-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!