Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
"Xotira va qadrlash kuni" hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyatida “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida mini futbol bo‘yicha “Kasaba uyushmasi raisi kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilib, unda boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan 20 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqada umumiy hisobda 120 nafardan ortiq xodim faol qatnashdi. Musobaqa yuqori sportona ruhda, jamoaviy muvofiqlik va sog‘lom raqobat sharoitida o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 🥇 1-o‘rin – Beshariq tumani FVB 12-Yong‘in-qutqaruv qismi terma jamoasi 🥈 2-o‘rin – Bag‘dod tumani 10-Yong‘in-qutqaruv qismi jamoasi 🥉 3-o‘rin – Farg‘ona tumani 21-Yong‘in-qutqaruv qismi terma jamoasi Musobaqa g‘olib va sovrindor jamoalari Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan diplom, medal va Kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!