Ishonch va mas'uliyat

 2017-11-21 16:23:59    74

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning korxonamizga tashrif buyurib, bizga ishonch bildirgani zimmamizga katta mas’uliyat yukladi,  deydi qo’qonlik tadbirkor Nodirjon Hamidov

Qo’qon shahridagi  “IMANO GROUP”  2008  yilda qo’shma korxona sifatida faoliyat boshlagan edi. Korxona  ishga tushishi  natijasida dastlab 10 nafar, keyinchalik 200 dan ziyod fuqaroning bandligini ta’minlashga  xizmat  qildi. Korxonada asosan maxsus oyoq kiyimlar ishlab chiqarilardi. 2013 yilda uning ishlari yurishmay, faoliyati to’xtab qoldi.

Korxona rahbari Nodirjon Hamidov bir paytlar yuzlab odamlar mehnat qilgan ushbu muassasa faoliyatini yana yo’lga qo’yish maqsadida tinimsiz harakat qildi. Yangi loyihalar ishlab chiqdi. Astoydil qilingan sa’y-harakatlar o’z samarasini berdi. Joriy yildan “IMANO GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta faoliyat boshladi. Korxona rahbari o’ylagan rejalarini amalga oshirish, ishni jadallashtirish maqsadida “Agrobank” Quvasoy filialidan 1 mln. 200 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib, yaxshi niyatlar bilan ishga kirishdi.

 - Tadbirkorlik tavakkalchilik asosiga quriladi, - deydi “IMANO GROUP” MChJ rahbari Nodirjon Hamidov. – Shu bois har qanday vaziyatga tayyor turish va muammolarga echim topishni bilish zarur. Muhimi, tadbirkor aniq maqsadli, tashabbuskor va g’ayratli bo’lishi zarur. Chunki, u faqat o’zininggina emas, unga ishongan xodimlarning ham turmush farovonligini ta’minlashga mas’ul.

Endilikda korxonada sun’iy teri, maxsus oyoq kiyimlar hamda ular uchun aksessuarlar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Buning uchun Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirildi. Korxona qayta modernizatsiya qilinib, zamon talablari asosida jihozlandi, axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga ulandi, hudud ko’rkam va obodonlashtirildi. Ishchi-xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Korxonada xomashyoni asosan ichki bozordan, shuningdek, Turkiya va Xitoy davlatlaridan xarid qilinadi. Bu borada ko’plab shartnomalar tuzildi. Korxona ishga tushishi natijasida teri mahsulotlari tayyorlovchilar uchun xomashyo bazasi yaratiladi. 200 dan ziyod yangi ish o’rni tashkil qilinadi. Ishlab chiqaradigan mahsulotlarimizni asosan ichki bozorga hamda Rossiya va Belorussiyaga eksport qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev  joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosining borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 22 iyun kuni viloyatimizga tashrifi chog’ida, qo’qonlik tadbirkorlarning istiqbolli loyihalari  va  “IMANO GROUP” korxonasi negizida poliuretan qoplamali tayyor charm  ishlab chiqarish investitsiya loyihasi bilan tanishdi. Loyiha amalga oshirilgach, 250 ish o’rni tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Korxona rahbari N. Hamidov ham  Yurtboshimiz bilan uchrashib, “IMANO GROUP” MChJda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar xususida gapirdi.

- Yurtimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilyapti. Ayniqsa, buning natijasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imtiyoz va rag’batni alohida e’tirof etish kerak. Prezidentimiz bilan bo’lgan samimiy uchrashuv menda juda katta taassurot qoldirdi. Sh. Mirziyoev loyihalarimiz bilan tanishib, istiqbolimizga ishonch bildirdilar. Bu men kabi tadbirkorlarning o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga xizmat qilishi, tabiiy, - deydi N. Hamidov.

Yaqin kunlarda, aniqrog’i 10 iyul kunidan “IMANO GROUP” MChJda qizg’in mehnat jarayoni boshlanib, aholi va jamiyat uchun foydali bo’lgan loyihalar amaliyotda o’z ifodasini topadi.



<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab