ANVOYI GULLARI HAYOTIGA ZEB

 2017-11-21 16:19:59    69

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qonlik Shahnozaxon Yusupova ham tabiatga oshuftaligi, mehnatkashligi bilan o’ziga xos “go’zallik saltanati”ga asos solib, nafaqat o’z hayotini bezamoqda, balki ko’plab xonadonlar, mahallalar, shahar ko’chalariga zeb bermoqda. Bu tinib-tinchimas, izlanuvchan ayol asli shifokor bo’lsa-da, gul ko’chatlari parvarishlab, yurtimiz obodligi, ko’kalamzorligiga o’z hissasini qo’shishga intiladi.

Sh.Yusupova ona kasbi – tibbiyot xodimi bo’lish niyatida Andijon Davlat tibbiyot institutida tahsil oldi va quloq, burun, tomoq kasalliklaridan aziyat chekkan ko’plab bemorlar dardiga malham bo’lguvchi shifokor bo’lib etishdi.

Gulchilik hunariga qiziqishi uni tadbirkor ayollar safidan joy olishga etakladi. Uning loyihalari qo’llab-quvvatlanib, Dang’ara tumani hududidan gul ko’chatlari etishtirishi uchun 60 sotix er maydoni ajratildi.

Shifokor ayol yaratgan gulzorlarni ko’zdan kechirar ekansiz, verbena, xrizantema, sedun, kangul kabi 25 xildan ziyod gul ko’chatlari avj olib o’sayotganiga guvoh bo’lasiz.

Shahnoza opaning yaxshi niyatlari bisyor. U o’zi asos solgan “Fundamental biznes” MChJdagi ish o’rinlarini yanada oshirish, gul do’konlari faoliyatini kengaytirish, ikkita issiqxona qurilishini tugallab, yanada ko’proq gul etishtirishni rejalashtiryapti. Hozirda gullar turini ko’paytirib, ularning chidamliligini oshirish,  “umri”ni uzaytirishga kirishgan.

Qo’qonning ko’plab ko’chalarini o’z gullari bilan bezab turgan gulsevar, tadbirkor ayol Ho’qandi latifni havas qilsa arzirli gullar makoniga aylantirishni orzulaydi. Bu ezgu maqsadga erishish yo’lida unga mehnatevarlik va go’zallikka intiluvchanligi, ona tabiatga bo’lgan yuksak mehri ko’mak beradi.



<< Yanvar 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab