Shahar hokimi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan xabar oldi

×

 2019-05-05 00:53:46    104

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Faraxutdin Xayrulin, Usmonjon Rahimov va Karimjon Rahimovlar xolidan xabar olib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari va avtomat kir yuvish mashinalarini tantanali ravishda topshirdi.

Urush faxriylari 9 may – Xotira va Qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga etishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida xizmat qilishini ta’kidladilar. Yurtboshimizga e’tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, duoga qo‘l ochdilar.

Pul mukofotlari va Prezident sovg‘asi 30 aprelь kuni hayotdan ko‘z yumgan hamshahrimiz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi G‘ulomjon Qosimovning yaqinlariga ham etkazildi.

Shahar hokimligi vakillari va deputatlar ham Ikkinchi Jaxon urushi qatnashchilarining xonadonlarida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini etkazib, oziq-ovqat jamlanmalarini tuxfa etdilar. 
Urush faxriylari Prezidentning shaxsiy nomalarida yo‘llangan tilaklardan benixoya ruxlanib, Yurtboshimizning xalqni rozi qilish siyosati, tinch-totuv hayotimiz, musaffo osmonimiz va to‘kin dasturxonimizga shukrona aytib duo qildilar.
Ikkinchi Jaxon urushi qatnashchisi, marxum G‘ulomjon Qosimovning yaqinlari ham mamlakatimiz rahbarining faxriylarga ko‘rsatgan e’tiboridan benixoya rozi ekanliklarini bildirdilar.


<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab