9 may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan karate bo‘yicha musobaqalar boshlandi

×

 2019-05-05 00:52:09    47

PDF yuklash
Chop etish


Ajdodlar xotirasini yod etish, ularga hurmat bajo keltirish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan. Shu nuqtai nazardan Ikkinchi Jahon urushida o‘z jonini fido qilgan hamyurtlarimizning qahramonliklari abadiy yodimizda qoladi. 1-BO‘SMda “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Ibrohimjon ota Ortiqov xotirasiga bag‘ishlangan karate bo‘yicha sport musobaqasi ham ana shu ezgu maqsadda tashkil etildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ham ishtirok etib, Ikkinchi Jahon urushida o‘z jonini fido qilgan hamyurtlarimizning qahramonliklari abadiy yodimizda qolishini, egilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etish, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda shahrimizda sportni keng targ‘ib qilish, yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdagi ulkan hissasi uchun shahar hokimiga Farg‘ona viloyati karate federatsiyasining faxriy yorlig‘i topshirildi.


<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab