“Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostida xotira turniri o‘tkazildi.

×

 2019-05-05 00:50:01    99

PDF yuklash
Chop etish


Bir haftda davomida “Ahmadxon” sport majmuasi muxlislar bilan gavjum bo‘ldi. Futbol muxlislari jami 32 ta futbol uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Musobaqaning bronza medali uchun – “Progress” va “Spartak” jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvni Farg‘onalik Ravshan Kapadze boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi. Hisobda ortda qolayotgan “Progress” jamoasi haqiqiy iroda namoyish etib yakunda 3-2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqada uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Final o‘yini oldidan so‘zga chiqqan shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov Yurtboshimizning oqilona siyosati, mamlakatmizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan e’tibor, tinch-totuv hayot tufayligina ana shunday yuqori saviyada musobaqalar tashkil etilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Musobaqa tashkilotchilari, ishtirokchilari va tomoshabinlarga futbol vataniga mos darajadagi tadbir uchun minnatdorchilik izxor etdi.

“Faxriylar-1” va “Shahar” jamoalari o‘rtasida kechgan final uchrashuvida “Faxriylar-1”jamoasi 3:1 xisobida g‘alaba qozonib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Musobaqaning “eng yaxshi darvozaboni” – Farhod Muajonov (“Faxriylar-1”), musobaqa to‘purari - Raxim Jo‘raev (“Shahar”), musobaqaning “eng yaxshi o‘yinchisi” - Abror Maqsudov (Faxriylar-1”), musobaqaning eng yoshi katta futbolchisi Maxmudjon Abdullaev, 66 yosh (“Kimyogar”) va musobaqaning eng yaxshi bosh murabbiyi – Ibrohim Mamadiev (“Kimyogar”)lar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, “Qo‘qon-1912” futbol klubi tomonidan “Faxriylar-1” jamoasi bosh murabbiyi Sharifjon Madaminovga “Qo‘qon-1912” futbol klubi prezidenti Baxtiyor Tolipov tomonidan   “Umra” safariga yo‘llanma taqdim etildi.


<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab