Buyuk ajdodlar xotirasi yod etildi

×

 2019-05-05 00:48:16    38

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi, Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 130 yilligi va Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat tavalludining 160 yilligini keng nishonlashga bag‘ishlangan adabiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Qo‘qon musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan adabiyot kechasida bu ulug‘ siymolar xotiralariga ehtirom ko‘rsatildi.

Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Enaxon Siddiqova, Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, O‘zbekiston Xalq shoiri Anvar Obidjon va boshqalar so‘zga chiqib, adabiyot darg‘alari va ma’rifatparvar insonlarning o‘ziga xos sifat-fazilatlari tilga oldilar.

Adabiy kechada Ozod domlaning o‘g‘li Alisher Sharafiddinov va uning oila a’zolari ham ishtirok etdilar, ularga alohida ehtirom ko‘rsatildi.


<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab