Shahrimizda MFYlar raislari saylovi boshlandi

×

 2019-05-05 00:45:51    96

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizdagi 58-“Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan saylov xolis va shaffoflik tarzida o‘tkazildi. Mahallada ro‘yxatga olingan 195 nafar saylovchilar vakilidan 190 nafari saylovda ishtirok etdi. Saylov jarayoni qulay va emin-erkin o‘tkazish, saylov byulletenlarini tashlash qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari jihozlandi. Bepul tibbiy xizmat, ona va bola, dam olish xonalari xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Fuqarolar yig‘ini saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov kotibligiga ishchi guruh a’zosi Dilfuza G‘afurova saylandi. Kun tartibidagi masalalar va sanoq komissiyasini ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlab oldi. Shundan so‘ng har ikki nomzod haqida qisqacha ma’lumot berildi. Alifbo tartibida so‘zga chiqqan nomzodlar o‘zlarining reja va maqsadlari, mahalla raisi bo‘lgach qanday ishlarni amalga oshirishlari mumkinligi xususida o‘z dasturlarini ma’lum qildi.

Savol-javob, o‘zaro muloqotlardan so‘ng muhrlangan konvert ochilib, byulletenlar saylovchilar vakillariga berildi saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Har bir saylovchi kabinalarga kirib, byulletenda qayd etilgan nomzoddan biriga ovoz berganligini ifodalovchi belgi qo‘ygach, chiqib barchaning ko‘z oldida turgan qutiga tashladi.

Ovoz berish jarayoni tugagach, qutining muhri buzilib, ochildi va byulletenlar sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan saylovchilar ko‘z oldida sanab chiqildi. 3 ta byulleten to‘g‘ri to‘ldirilmaganligi bois buzilgan deb topildi. Raislikka nomzod Qobilov Akmaljon Ibragimovich 26 nafar, Mirzaev Bahromjon Isaqov esa 161 nafar saylovchining ovoziga ega bo‘lganligi aniqlandi.


<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab