Shahar hokimidan minnatdormiz

×

 2019-05-01 08:45:32    33

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Tarona” raqs ansambli ishtirokchilari shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovga to‘garaklari uchun ajratib berilgan joy uchun samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan  samimiy suhbatda shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida hayotimizga tatbiq etilayotgan ulkan islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar xususida ma’lumot berdi. Shahrimizda Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Talabalar o‘quv muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etish, Xalqaro hunarmandchilik festivalini yuqori saviyada o‘tkazish va shahrimizga sayyohlarni jalb qilish yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuvda o‘zining a’lo o‘qishlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida erishgan yuqori natijalari uchun ko‘plab talabalarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab