Fri. Mar 29th, 2024

Bugun barcha huquq-tartibot idoralari, boshqaruv organlari, mahalla fuqarolar yigʼinlari faollari, keng jamoatchilikka xizmat koʼrsatuvchi muassasalar rahbarlari eʼtiboridagi masalalardan biri huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishdir. Jinoyat sodir boʼlsa jabrlanuvchilar ham boʼladi. Shu bois shahrimizda profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar oʼtkazilyapti.

Batalyonda shahar prokuraturasi, IIO FMB, Milliy gvardiya, hokimlik masʼullari, mahallalar faollari, toʼyxonalar, ovqatlanish muassasalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʼtgan profilaktik tadbirda kechiktirib boʼlmas vazifalar belgilab olindi. Shahrimizda, tinchlik-osoyishtalik, aholi xavfsizligini taʼminlash, pichoq va boshqa tigʼli buyumlar bilan sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlar, nizoli holatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarga yoʼl ochayotgan sabablarni aniqlab, bartaraf etish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi va amalga oshirishga kirishildi.