Fri. Apr 19th, 2024

Andijon shahrida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionat musobaqalarida yurtimizning turli hududlaridan kelgan 300 nafardan ziyod bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar. Quvonarlisi, 11 ta vazn toifasida tashkil etilgan musobaqada Qo‘qon shahar 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi bokschilari ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Xususan, sportchilarimiz 2 ta 1-o‘rin, 1 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rinni egalladilar.

46 kg. vazn toifasida 1-o‘rin Sayotbek Kamolmirzaevga, 49 kg. vazn toifasida1-o‘rin Avazjon Yo‘ldoshevga, 52 kg. vazn toifasida 3-o‘rin Samandar Yusupovga, 60 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida 2-o‘rin Adhamjon Muhiddinovga nasib etdi. Shuningdek, 91 kg. vazn toifasida 3-o‘ringa Qo‘ldashboy Mamadaliev, +91 kg. vazn toifasida esa 3-o‘ringa Salohiddin Tohirovlar sazovor bo‘ldilar.