Fri. Mar 29th, 2024

2020 yilning 24 yanvar’ kunidan 26 yanvar’ kuniga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil’ yo‘lining Qamchiq dovoni qismida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda, bo‘ron bo‘lishi, qor yog‘ishi va avtomobil’ yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushib, ko‘rish darajasi 50 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlari yuzaga kelishi sababli avtomobil’ yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqishi kutilmoqda.

Bu holatlar yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda fuqarolar va haydovchilardan shu kunlarda dovon yo‘llarida murakkab ob-havo sharoitini hisobga olib, Farg‘ona viloyatidan Toshkent shahriga avtomobillarda harakatlanmasliklarini so‘rab qoladi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB axborot xizmati.