Fri. Mar 29th, 2024

1. Yakka tartibdagiva oilaviy tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:

Elektron ro‘yxatdan o‘tishda ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma- bosqich amalga oshiriladi.
Pasport ma’lumotlari;
Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish xaqining 1 barobari,
Tadbirkorlik sub’ekti o‘z elektron ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish xaqining 0,9 barobari miqdorida mablag‘ to‘lanadi.

2. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:

Elektron ro‘yxatdan o‘tishda ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Firma nomini tanlaydi.
Pasport ma’lumotlari;
Davlat tilidagi ta’sis hujjatlari (Nizom, MChJ lar uchun 1 kishidan ortiq bo‘lsa Ta’sis shartnoma, fermer xo‘jaliklari uchun tuman hokimining yer maydoni ajratish to‘g‘risida qaror);

Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish xaqining 1 barobari,
Tadbirkorlik sub’ekti o‘zi elektron ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish xaqining 0,9 barobari miqdorida mablag‘ to‘lanadi.

3. Yuridik shaxslarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish:

Elektron ro‘yxatdan o‘tishda ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror;
davlat tilidagi yangi tahrirda ta’sis hujjatlari;
o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
Tadbirkorlik sub’ekti Davlat xazmatlari markaziga o‘zi kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi uchun davlat boji eng kam oylik ish xaqining 0,5 barobari

Tadbirkorlik sub’ekti o‘zi elektron ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda davlat boji eng kam oylik ish xaqining 0,45 barobari miqdorida mablag‘ to‘lanadi.

Tadbirkor bo‘lish istagini bildirganlarni davlat
ro‘yoxatidan o‘tkazish tartibi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi ” 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qaroriga asosan tadbirkorlik sub’ektlarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.

Murojat uchun telefon:
Qo‘qon Shaxar Moliya
bo‘limi Xizmat telefoni:
73-542-21-49