Thu. Apr 25th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olg‘a surilgan 5 ta tashabbusning ijrosi doirasida Qo‘qon shaxar Muqimiy shaxarchasidagi 1-BO‘SMga qarashli yopiq suv havzasida joriy yilning 13-14 dekabr kunlari sportning suzish turi bo‘yicha 2006-2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida, 1 – Ko‘chma kubok musobaqalari o‘tkazildi.

Qo‘qon shaxar 1-BO‘SM va Namangan shahar suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan BO‘SM sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda 140 nafar yoshlar ishtirok etdilar. Musobaqada Qo‘qon shaxar 1-BO‘SM sportchilari jamoaviy xisobda g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga Qo‘qon shahar hokimligining Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.