Fri. Mar 29th, 2024

Shahar hokimligining Majlislar zalida shahar hokimi Marufjon Usmonov qishki mavsumni betalofat o‘tkazish, tabiiy gaz ta’minotidagi noqonuniy ulanishlarning oldini olish, noqonuniy gaz so‘rish uskunalarini bartaraf etish, yong‘in havfsizligini ta’minlash maqsadida aholi o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlaridagi faolligi uchun Majburiy ijro byurosi, gaz idorasi, va yong‘in havfsizligi bo‘linmasining bir qator xodimlarini shahar hokimligining tashakkurnomalari va qimmatbaxo esdaliq sovg‘alari bilan taqdirladi.

Taqdirlash marosimida Ma’rufjon Usmonov shahrimizda qishki mavsumni betalofat o‘tkazishga hissa qo‘shayotgan barcha soha xodimlariga hamshaharlarimiz nomidan minnatdorchilik izxor etdi. Mas’ul tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatiga va erishgan natijalariga yuqori baxo berdi. Ayni paytda, oldinda xali mavsumning eng sovuq kunlari turganini eslatib, barcha mas’ullar kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishigiga ishonch bildirdi.