Thu. Mar 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tomonidan saflanish tadbirida belgilab berilgan vazifalarga asosan ishchi guruhlar tomonidan shahrimizning 4 ta sektori hududida 40 ta notinch oilalar, 139 nafar muqaddam sudlangan, 35 nafar ma’muriy nazorat ostida turuvchi shaxslar, 55 nafar uyushmagan yoshlar, 70 nafar jinoyat sodir qilishga moyil shaxslar, 153 nafar Probasiya hisobida turuvchi shaxslar, 46 nafar giyoxvandlar, 75 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, 43 nafar ruhiy kasallar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

8 ta kam ta’minlangan oilalar, 129 nafar uzoq muddatdan qaytgan shaxslarning va 49 nafar nogironlarning xonadonlari o‘rganildi. Tadbir doirasida 15 ta extiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Qo‘qon shahar IIO FMB tomonidan shahrimiz ko‘chalarida, mahallalarda kuchaytirilgan tartibda jamoat tartibini saqlash, aniqlangan jinoyat va huquqbuzurliklar bo‘yicha qonuniy choralar qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi.