Fri. Mar 29th, 2024

Joriy yilning 31 mart kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Farzandimning otasi 8 yildan beri turli bahonalar bilan alimentni o‘z vaqtida to‘lamay keladi” nomli xabar tarqatilgan edi.
(Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyat boshqarmasi katta inspektori Jamoliddin Odilov mazkur xabarga izoh berdi.)

Xabarga ko‘ra, Buvayda tumanida yashovchi M.Xamdamova 2014 yildagi sud qarori asosida undirilishi belgilangan aliment pullari qarzdor I.Po‘latov tomonidan to‘liq berilmayotganligi, 8 yildan beri turli bahonalar bilan alimentni o‘z vaqtida to‘lamay kelayotganligi, shu sababli Byuro organlari tomonidan aliment summasini to‘liq undirilishini so‘ragan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 16.07.2014 yildagi buyrug‘i bilan qarzdor I.Pulatovdan undiruvchi Xamdamova Muqqaddas foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik jami daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan va 29.07.2014 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro ishi bo‘yicha tegishli qaror asosida qarzdor I.Pulatovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari 30.09.2015 yilda cheklangan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, 31.03.2020 yil holatiga I.Po‘latovning alimentdan joriy yilning fevral’-mart oylari uchun 998 ming so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lib, majburiy ijro harakatlari davomida undan M.Xamdamova foydasiga 1,0 mln. so‘m aliment puli undirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda ko‘rsatilgan qarzdor I.Po‘latov aliment pulini 8 yildan buyon to‘lamasdan kelayotganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.
01.04.2020 yil holatiga qarzdor I.Po‘latov alimentdan qarzdorligi mavjud emas.